
Zelenskiy Ukraina muzokaralar davomida toʻliq oʻt ochishni toʻxtatishga tayyorligini bildirib, sulhga rioya etilishi ustidan nazoratni AQSh amalga oshirishi mumkinligini qayd etdi.
Shuningdek, u harbiy asirlarni “hammaga hammasi” tamoyili asosida almashish, olib ketilgan tinch aholi va bolalarni qaytarish hamda xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishni taklif etdi.
Uchrashuv Shveysariya, Turkiya yoki arab davlatlaridan birida oʻtkazilishi mumkinligi bildirildi.










