Aholining murojaatlarini tinglash hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Jizzax viloyati hokimi Ulugʻbek Mustafoyevning navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida viloyatning shahar va tumanlaridan kelib tushgan fuqarolar murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Har bir masala yuzasidan masʼul tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida muammolarni joyida hal etish choralari belgilandi, ayrim murojaatlar boʻyicha esa tezkor amaliy yordam koʻrsatildi.

Taʼkidlash joizki, 10 soat davom etgan qabul jarayonida 100 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglanib, ularning koʻp qismi joyida hal etildi.
Qolgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.




