Jizzax viloyati hokimi Ulugʻbek Mustafoyev va Janubiy Koreyaning "K-Farm Solution Co., Ltd" kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Yashil makon” loyihasi doirasida tuproq unumdorligini oshirish va yerlarni qayta tiklash boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etishga kelishildi. Loyihaning umumiy qiymati 5 milliard vonni tashkil etib, u 3 yil davomida amalga oshiriladi.

Shuningdek, muzokaralar davomida Koreya Aerokosmik universiteti bilan hamkorlikda taʼlim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida loyihalarni hayotga tatbiq etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.








