Bugun, 26 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasida Davlat bojxona xizmati tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarning kasb bayrami nishonlanmoqda.
Davlat xavfsizligi, iqtisodiy barqarorlik va qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim oʻrin tutayotgan bojxona xizmati xodimlari oʻz kasbiga sadoqat, masʼuliyat va matonat bilan yondashib kelmoqda.











