
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Jizzax hududiy filialiga 30 dona Changan T10 EV elektromobillari topshirildi.
Viloyat isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozlik holatlarining oldini tezroq bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialiga 30 dona Xitoyning “SHANGAN T 10 EV” maxsus elektromobillari topshirildi.
Elektromobillarning 4 donasi viloyat filialida, qolgan 26 donasi Jizzax shahri va har bir tuman boʻlimlariga 2 donadan taqsimlandi.
Avtomashinalar viloyatning 13 ta tuman boʻlimlariga 2 donadan taqsimlandi. "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Jizzax hududiy filialiga esa 4 dona elektromobil ajratildi.
Mazkur tashabbus kuz-qish mavsumida aholini elektr energiyaga boʻlgan talabini qondirish bilan birga, avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida joylarga tez yetib borish taʼminlaydi.



