
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Jizzax viloyati boʻlimining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda boʻlimning 2021-2025 yillardagi faoliyati sarhisob qilindi.

Shuningdek, kun tartibidan uyushmaning viloyat boʻlimiga yangi rahbar tayinlash masalasi ham koʻrib chiqildi. Nomzod sifatida koʻrsatilgan OʻzAning Jizzax viloyati boʻyicha sharhlovchisi Abdujalol Qayumov nomzodi ishtirokchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, jurnalistlar uyushmasi Jizzax viloyati boʻlimi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

Yigʻilish yakunida boʻlimning boshqaruv kengashi, nazorat-taftish kengashi aʼzolari hamda Uyushmaning respublika hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov ishtirok etdi.



