
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.I.ning firibgarlik harakatlari aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, M.I. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, "Navbahor" MFY hududida issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining bir qismini sotishini vaʼda qilgan. U 7 sotix yerni fuqaro N.P.ga va 4 sotix yerni fuqaro M.H.ga sotish evaziga jami 9 000 AQSh dollari va 55 mln soʻm mablagʻni qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



