
Qurbonlari orasida 54 yoshli Xitoy fuqarosi ham boʻlgan.
Jizzax viloyati Forish tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok boʻldi.
Hodisa Jizzax–Bogʻdon–Qizilcha avtomobil yoʻlida yuz bergan.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 27 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili quvib oʻtish qoidasini buzgan.
Oqibatda avtomobil qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan, Forish tumanida yashovchi 35 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt bilan toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida har ikki avtomobil haydovchisi, voqea joyida halok boʻlgan.
Shuningdek, Cobalt avtomobilidagi 2 nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay ular ham vafot etgan.
Hodisa yuzasidan hozircha qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.



