
Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga amaliy tashrifi doirasida hududning Baxmal va boshqa tumanlarida zamonaviy intensiv bogʻlar yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan edi.

Shu asosda, BMB HOLDING tomonidan Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish, ayniqsa, bogʻdorchilik tarmogʻini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda Xoldingning BMB GARDENS shoʻʼba korxonasi tomonidan Jizzax viloyatining Gʻallaorol va Sharof Rashidov tumanlarida ikki yil davomida qarovsiz qolgan, suv chiqmagan 500 gektar yer maydoni oʻzlashtirilib, zamonaviy intensiv bogʻlarga aylantirilmoqda.

Gʻallaorol tumani Koʻkbuloq massivi, Chayonli QFY hududidagi 115 gektar yer maydonida gilos koʻchatlari ekish ishlariga start berildi.
Loyiha doirasida mahalliy hamda xorijdan keltirilgan, invitro usulida yetishtirilgan yuqori eksportbop gilos navlari ekilmoqda.



