
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov “Bunyodkor” mahallasida joylashgan 29-sonli jazoni ijro etish muassasasida 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarning muammo va takliflari, shuningdek ilgari surilgan tashabbuslari tinglandi. Uchrashuvda yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni jamiyatga moslashtirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda kelajakda munosib oʻrin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.



