
Bugun Jizzax viloyati Arnasoy tumani hududida joylashgan "Aydarkoʻl Resort" majmuasi Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi strategik hamkorlikning navbatdagi maydoniga aylandi.

Ayni daqiqalarda bu yerda "Oʻzbekiston – Tojikiston" ikkinchi mintaqalararo forumi boshlanishi oldidan soʻnggi tayyorgarlik ishlari yakunlanib, delegatsiyalar kutib olinmoqda.

Mazkur nufuzli tadbir ikki qardosh davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va hududlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan. Shuningdek hozirgi vaqtda majmuada ishtirokchilarni roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.



