Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Jizzax viloyat boʻlimi hamda Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qism hamkorligida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan press-tur oʻtkazildi.
Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari harbiy qismning tarixi, uning tashkil etilishi, milliy armiyamizning bugungi kundagi rivojlanish yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot olishdi.
Harbiy qismda xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, oʻquv-mashgʻulot xonalari, “Oʻq otish markazi”, sport inshootlari hamda dam olish maskanlari faoliyati namoyish etildi.
Shuningdek, “Askar onalarni sharaflaymiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilib, harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarning onalariga eʼtibor va eʼzoz koʻrsatildi.









