
Ichki ishlar vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi:
Agar tanishingiz Telegram yoki boshqa messenjerlar orqali pul soʻrab murojaat qilsa, avvalo bu xabar haqiqatdan ham aynan oʻsha shaxs tomonidan yuborilganiga ishonch hosil qiling.
Firibgarlar akkauntlarni buzib, boshqalar nomidan pul soʻrash holatlari koʻpaymoqda.
Foydalanuvchilar soxta tanlovlar va onlayn ovoz berishlar orqali yangi firibgarlik toʻlqini haqida xabar berishmoqda. Bunday havolalar orqali oʻtilgandan soʻng akkauntlar bloklanadi, jabrlanuvchi nomidan esa pul oʻtkazishni soʻrab xabarlar tarqatila boshlanadi.
Poytaxtning tuman guruhlaridan birida oʻnlab akkauntlar buzib kirilgan. Firibgarlar standart sxemadan foydalanmoqda — “ovoz berish”, “tanlov” va “yutuqli oʻyinlar”ga oid havolalar orqali profil ustidan nazoratni qoʻlga kiritishmoqda.



