
2022 yildan buyon qidiruvda boʻlgan voyaga yetmagan oʻsmir sud qarori asosida qonuniy ravishda onasiga topshirildi.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻʼbasi inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ota-ona ajrimidan soʻng qizaloq otasidan onasiga olib berilishi belgilangan edi.
Ijro harakatlari jarayonida otaning farzandi bilan bir necha yil davomida Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida yashab kelgani aniqlanib, shu sababli bolaga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Tegishli tashkilotlarning hamkorligi natijasi oʻlaroq, ota va qiz xorijdan Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ularning Davlatobod tumanida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida ekani aniqlanib, sud qarori ijrosi taʼminlandi hamda qizaloq onasiga qaytarildi.



