Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Loyihada ikkita asosiy yoʻnalish nazarda tutilgan:
Murojaatnomada taʼkidlangan sohalar boʻyicha:
— davlat siyosatining asosiy yoʻnalish va koʻrsatkichlari belgilab berilmoqda;
— 5 ta ustuvor yoʻnalish doirasida alohida Islohotlar dasturlari (78 ta tashabbus) tasdiqlanmoqda;
— islohotlar dasturlari ijrosini tashkil etish hamda nazorat qilishning mexanizmlari va masʼullari belgilanmoqda.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2026 yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi:
— 306 ta tadbirdan iborat amaliy chora-tadbirlar rejalari;
— 2026 yilda ishlab chiqiladigan 60 ta normativ-huquqiy hujjat va 13 ta strategik qonunchilik hujjatlari roʻyxatlari.
Barcha fuqarolar ushbu muhokamada faol ishtirok etishga taklif etiladi.



