
Buxoro tumanidagi fermer xoʻjaliklaridan birida haydovchi boʻlib ishlab kelayotgan 28 yoshli R.J. Imo messendjeri orqali oʻzidan yoshi katta, oilali L.Sh. ismli ayol bilan tanishgan.
2025 yil may oyida boshlangan virtual muloqot keyinchalik real hayotdagi ishqiy munosabatlarga aylangan.
R.J. ayolning ishonchini qozonib, uning yarim-yalangʻoch holatdagi videotasvirlarini yashirin ravishda yozib olgan. Keyinchalik u ushbu videolar orqali ayolga ruhiy bosim oʻtkazib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik hamda yaqinlariga yuborib yubormaslik evaziga 700 AQSh dollari talab qilgan.
Buxoro viloyati IIB tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida R.J. 400 AQSh dollarini olayotgan paytida qoʻlga olindi.
IIB axborot xizmati rahbari Ulugʻbek Shukurlayev ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishda fuqarolar ehtiyotkor boʻlishlari zarurligini taʼkidladi.
Ayni paytda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.



