
Yaqin Sharq boʻyicha ekspertlarning maʼlum qilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning bayonotlari ortida Eronning mintaqaviy rolini almashtirishi mumkin boʻlgan reja yashiringan.
Turkiya prezidentining taʼkidlashicha, Isroil oʻt ochishni toʻxtatish rejimiga qaramay, aholi yashaydigan hududlarga zarbalar berish orqali 1,2 million livanlikni uylarini tashlab chiqishga majbur qilgan.
"Biz Isroilning Falastinga nisbatan ham shunday harakatlarni qilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun qudratli boʻlishimiz shart. Qorabogʻga qanday kirgan boʻlsak, Liviyaga qanday kirgan boʻlsak, ularga nisbatan ham xuddi shunday qilamiz", — deydi Erdoʻgʻan nashrga bergan intervyusida.



