
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer energiya narxlarining beqarorligidan qattiq noroziligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, butun mamlakat boʻylab korxona va isteʼmolchilar dunyoning qaysidir nuqtasida Putin yoki Tramp tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tufayli kommunal toʻlovlarning doimiy oʻzgarishidan charchagan.
Starmer Yaqin Sharqdagi urush fonida Britaniya oʻz energetika sohasiga faol sarmoya kiritayotganini yozgan. Uning fikricha, bu "gaz narxlarini manipulyatsiya qilish va qaramlikdan qutulishning yagona yoʻli ekanligini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, shuningdek, joriy yilning 28 fevralida boshlangan AQSh va Isroilning Eron bilan urushi energiya bozorida narxlarning keskin koʻtarilishiga sabab boʻlgan edi. Biroq, 8 aprelga oʻtar kechasi Qoʻshma Shtatlar va Eron oʻrtasida ikki haftalik sulh imzolanganidan soʻng, xomashyo narxlari yana keskin pasaydi.



