
"Amerika va Isroilga ulkan insoniy azob-uqubatlarga sabab boʻlayotgan va allaqachon halokatli iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan urushni toʻxtatish vaqti keldi. Eron esa qoʻshnilariga hujum qilishni toʻxtatishi kerak", -deydi BMT rahbari matbuotga bergan intervyusida.
Shuningdek, Yaqin Sharq inqirozi ikkinchi oyiga kirib borishi oqibatida vayronagarchiliklar, noaniq hujumlar va tinch aholi, fuqarolik infratuzilmasini nishonga olish koʻlami oʻsib bormoqda.
U mojaro allaqachon hamma joyda sezilayotganini taʼkidlab, dunyo butun Yaqin Sharqni qamrab oladigan urush yoqasida ekanligi haqida ham ogohlantirdi.
"Nizolar tinch yoʻl bilan hal qilinishi kerak. Tashkilotga aʼzo barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi lozim. Fuqarolar va fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, yadroviy inshootlar hurmat qilinishi va himoya qilinishi kerak. Shuningdek, dengiz orqali harakatlanish erkinligi taʼminlanishi zarur", deydi Gutterish.
Maʼlumot uchun, kecha AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil kuchlari bilan birlikda Erondagi strategik muhim koʻprik – Tehron bilan Karaj shaharlarini bogʻlovchi B1 avtomagistralidagi koʻprikni yoʻq qilganini eʼlon qilgan edi.



