
CENTCOM (AQSh Qurolli kuchlarining Markaziy qoʻmondonligi) 13 apreldan boshlab Eron portlariga kirib-chiqadigan barcha kemalarga nisbatan dengiz blokadasini boshlaydi.
Cheklov Fors koʻrfazi va Ummon koʻrfazidagi barcha Eron portlarini qamrab oladi hamda barcha davlatlar kemalariga tegishlidir.
Shuningdek, AQSh tomoni Hormuz boʻgʻozi orqali erkin suzishga toʻsqinlik qilmasligini va Eronga tegishli boʻlmagan portlarga cheklov qoʻyilmasligini maʼlum qildi.
Bu qaror Islomobodda oʻtgan AQSh va Eron oʻrtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin qabul qilingan. Bundan asosiy maqsad, Eronning neft savdosidan tushadigan daromadlarini cheklash va kemalardan toʻlov olish jarayonini toʻxtatishdan iborat.Eron tomoni esa bu bayonotlarni keskin rad etgan.
Maʼlumot uchun, muzokaralarda Eron ushbu boʻgʻozni nazorat qilish va u orqali oʻtayotgan kemalardan boj olish huquqini talab qilgan, AQSh bu shartlarni qabul qilmagan.



