
Isroilning Gʻazo sektoridagi nazorat-oʻtkazish punktlariga bergan zarbalari oqibatida 6 kishi halok boʻldi. Qurbonlar orasida bir nafar bola ham bor.
Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi ikkita politsiya nazorat punktiga havo hujumlari uyushtirgan.
“Isroil samolyotlari Gʻazo sektorining janubidagi Xon-Yunus shahrida joylashgan ikki politsiya blok-postiga zarba berdi. Oqibatda uch nafar politsiyachi va uch nafar tinch aholi, jumladan bir qiz bola halok boʻldi, yana toʻrt kishi yaralandi”, deyiladi xabarda.

Mahalliy Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi kuchga kirganidan keyin ham 680 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Isroil askarlari Gʻazoning markaziy qismida Karim ismli bolaning jarohatlari aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi.



