
Fargʻona viloyati gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan reydlar vaqtida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Xususan, Rishton tumani “Zohidon” MFYda joylashgan “Z. K.” oilaviy korxonasida xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga hujjatlarsiz ulanib olgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha 466 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
Oltiariq tumani “Yuksalish” MFYda joylashgan fuqaro M.U. ga qarashli xususiy hammomda hisoblagichdan oldin tarmoq tortgan holda tabiiy gazdan foydalanish holati aniqlanib, 380 million 666 ming soʻm jarima belgilandi.
Fargʻona shahar Tegirmon koʻchasidagi umumiy ovqatlanish maskanida ham isteʼmolchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan 365 million 817 ming soʻmlik zarar hisoblandi.



