Mansabdor shaxslar tomonidan xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish va noqonuniy boylik orttirish holatlariga qarshi kurashish doirasida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.
Aniqlanishicha, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaroga tegishli 7 turdagi 187 dona qadoqda boʻlgan mineral oʻgʻitlarni “Navoiy” chegara bojxona posti orqali oʻtkazib berish evaziga 20 mln soʻm talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbir davomida inspektor soʻralgan pul mablagʻini Olmazor tumani hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



