
Namangan viloyati Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan tezkor reydlar oʻtkazildi.
Unga koʻra, tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish va “Z.B.” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbarining murojaati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borildi.
Tekshiruvda korxonaning Namangan va Qoʻqon filiallari masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, 943,9 mln soʻmlik alkogol mahsulotlarini belgilanmagan joylarda naqd pulga sotib, pullarni korxona hisob raqamiga kiritmasdan oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari fosh boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



