
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.K. “Dehqonobod” MFY hududidagi dala hovlisida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 324,4 mln soʻmlik elektr energiyasini hisoblagichga kiritmagan.
Ikkinchi holatda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “K.G.” MCHJ rahbari G.M. “Navbahor” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 112,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi “Sh.S.” MCHJ rahbari D.Sh. Samarqand shahrida foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli uyni umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 241 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



