
“Milliy tanlov”da 2025 yilda eng yuqori natijaga erishgan “Eng faol ishtirokchi”, “Eng faol oliy taʼlim tashkiloti”, “Eng faol informatika fani oʻqituvchisi” hamda “Eng faol maktab” yoʻnalish gʻoliblari aniqlandi.
“Eng faol ishtirokchi” yoʻnalishidagi gʻoliblar qatoridan Jizzax viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining 12 nafar oʻquvchilari, jumladan Adilov Doniyor Tohir oʻgʻli, Karimova Yasmina Davron qizi, Abdumajidov Behroʻzjon Kengash oʻgʻli, Abjalova Farangiz Jahongir qizi, Ravshanov Shagʻzod Ulugʻbek oʻgʻli,Nurullayev Elyor Shodiyor oʻgʻli, Ozotov Diyorjon Elyor oʻgʻli, Anvarov Saidasqar Saidgʻozi oʻgʻli, Allamurodov Umidjon Shuxrat oʻgʻli, Abduqodirova Ruxshona Abror qizi, Jandarov Husan Nurmuxammad oʻgʻli va Aspandiyorova Marjona Ilhom qizi joy olishdi. Gʻoliblarga noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho texnikalar topshiriladi.
Shuningdek, tanlovning "Eng faol informatika fani oʻqituvchisi" nominatsiyasi gʻoliblari 1000 AQSh dollariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu mukofotga Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchisi Nasimov Bekzod Shermuhammad oʻgʻli hamda Jizzax viloyatidan ustozlar Xolboʻtayev Shamsiddin Musabekovich, Qosimov Muxiddin Mamarajabovich, Qoʻshbaqov Furqat Toʻlagan oʻgʻli, Mamasaliyeva Lazzat Saydullayevna, Tolipova Maxbuba Xolmurodovna va Sayfullayev Akbarjon Said oʻgʻli ham munosib koʻrildi.
Jizzaxlik pedagog Abdualimov Oxun Ulugʻbek oʻgʻli esa "Eng faol informatika fani oʻqituvchisi" nominatsiyasi gʻoliblari qatoridan joy oldi. Ushbu nominatsiya gʻoliblari xorijiy safarga yoʻllanma bilan mukofotlanishdi.



