
Japan Airlines (JAL) may oyidan boshlab Tokioning Haneda aeroportida yer usti xizmat koʻrsatish vazifalarida gumanoid robotlardan foydalanishni boshlaydi, bu ikki yillik sinov boʻlib, xodimlarning ish salmogʻini yengillashtirishga qaratilgan.
Loyiha hamkori GMO AI & Robotics taqdimot marosimida bu robotlar yuk konteynerlarini yuklash va tushirish uchun moslanganini taʼkidladi. Aviakompaniya kelajakda bu robotlardan kabinalarni tozalash va yer usti yordam uskunalarini boshqarish uchun ham foydalanishni maqsad qilmoqda.
Robotlar allaqachon Yaponiya boʻylab baʼzi aeroportlarda, jumladan, xavfsizlik xizmatlari va chakana savdo uchun ham qoʻllanilmoqda.
Yaponiyaning eng yirik sayyohlik agentligini boshqaradigan JTB Groupning statistik maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya joriy yilning dastlabki 2 oyida 7 milliondan ortiq xorijiy mehmonlarni qabul qildi.
—Jismoniy jihatdan qiyin vazifalar uchun robotlardan foydalanish xodimlarga katta foyda keltiradi, - deydi “Kyodo” axborot agentligi prezidenti.



