
Raqobat qoʻmitasi tomonidan ichki isteʼmol bozorida sifatsiz, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlar sotilishining oldini olish boʻyicha reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Unga koʻra, birinchi holatda Toshkent shahri Yunusobod tumanida “QUDRATILLA BARAKA SAVDO” MCHJga qarashli dorixonasidan xarid qilingan “Trombo ASS” dori vositasining yaroqlilik muddati oʻtganligi maʼlum boʻldi.
Shundan soʻng, maxsus komissiyasi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ish qoʻzgʻatib, yaroqlilik muddati oʻtgan tovar uchun isteʼmolchi tomonidan toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Masʼul mansabdor shaxsga nisbatan esa maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi hujjatlar sudga yuborildi.
Ikkinchi holatda, Namangan viloyati oʻtkazilgan nazorat xaridi tadbirida un mahsulotlarining sifati oʻrganildi.
Unda “Chodak Asl Biznes” MCHJ tomonidan qadoqlangan “SANA 777” (50 kg) birinchi navli bugʻdoy uni tarkibiga laboratoriya bergan tahlillari sanitariya-gigiyenik koʻrsatkichlari boʻyicha meʼyor talabiga mos emasligi aniqlandi.
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-20-moddalari talablarini buzgan deb topilib, bugʻdoy unini sotishdan olingan 28.5 mln soʻm mablagʻni isteʼmolchilarga qaytarish yuzasidan koʻrsatma berildi.



