
Hujjat bilan “Reklama toʻgʻrisida"gi qonunga bir qator qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Unga koʻra, kreditlar va mikroqarzlar reklamasida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida majburiy ogohlantiruvchi matn joylashtirilishi shart etib belgilanmoqda.
Shuningdek, bunday ogohlantirish reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10% ini egallashi lozim boʻladi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi moliyaviy xizmatlar reklamasini yanada tartibga solish, aholining kreditga oid xatarlar haqidagi xabardorligini oshirish hamda mas‘uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Muhokamalar jarayonida deputatlar ayrim normalar yuzasidan qonun tashabbuskorlariga aniqlashtiruvchi savollar bilan murojaat qildi.
Kredit va mikroqarzlar reklamasida ogohlantirish joriy etiladi
Moliyaviy xatarlar haqidagi matn reklama maydoni yoki vaqtining kamida 10%ini tashkil qilishi kerak. 2025 yilning sentabrida Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati boshligʻi Bahodir Mirzayev kreditlarni reklama qilishda xatarlar haqida ogohlantirish berish taklif etilayotganini maʼlum qilgandi.
Regulyator “Reklama toʻgʻrisida"gi qonunga isteʼmolchilarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan moliyaviy xizmatlar boʻyicha oʻzgartirishlar kiritishni taklif etdi. Reklamada kelajakdagi xarajatlar va moliyaviy qiyinchiliklar bilan bogʻliq xavf-xatarlarni koʻrsatish koʻzda tutilmoqda. Masalan, kreditlar boʻyicha toʻlovlarning kechiktirilishi kredit tarixini buzib, yangi kreditlar olishni qiyinlashtirishi yoki ularning shartlarini yomonlashtirishi mumkin. Bu oʻz navbatida foiz stavkasining oshishiga ham olib keladi.



