
Milliy statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning 1 mart holatiga koʻra Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 770 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ushbu korxonalardan 4 365 tasi qoʻshma korxonalar, 14 405 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Statistik tahlillarga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5 yilda 1,4 barobarga ortgan. Shu bilan birga, xorijiy korxonalarning umumiy ulushi 55,2 foizdan 76,7 foizgacha koʻtarilgan.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 10 ta davlat:
1. Xitoy — 5 257 ta;
2. Rossiya — 3 214 ta;
3. Turkiya — 2 173 ta;
4. Qozogʻiston — 1 232 ta;
5. Janubiy Koreya — 709 ta;
6. Afgʻoniston — 653 ta;
7. Ozarbayjon — 430 ta;
8. BAA — 421 ta;
9. Tojikiston — 420 ta;
10. Hindiston — 397 ta.



