
Tabrikda kommunal tizimdagi tub islohotlar, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida uy-joylarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilayotgani, ularga davlat tomonidan zarur imtiyoz va kafolatlar berilgani qayd etildi.
Shuningdek, mamlakatimizdagi 45 mingta koʻp qavatli uyning 90 foizdan ortigʻiga 1 mingdan ziyod ana shunday tashkilotlar xizmat koʻrsatayotgani, soʻnggi 9 yilda 3 trillion 700 milliard soʻm mablagʻ hisobidan 51 mingga yaqin uylar taʼmirlanib, 3 ming 500 ta lift yangisiga almashtirilganini taʼkidlandi.
Sohada raqamlashtirish jarayonlari jadal olib borilayotgani tufayli salkam 42 mingta koʻp qavatli uy va 1 million 500 ming nafardan ortiq mulkdorlar “Mening uyim” billing tizimida roʻyxatga olingani eʼtirof etildi.



