
DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida yashovchi, 44 yoshli ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 26 yoshli qizni xorijga olib borib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.
U oʻz maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachipta xarid qilib berib, keyinchalik ishlab topadigan mablagʻining yarmini doimiy ravishda berishini talab qilgan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqchi boʻlgan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



