
Mirzachoʻl tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari tuman markazidagi umumiy ovqatlanish maskanida oʻtkazilgan tekshiruv davomida yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha kamchiliklarni aniqlaydi.
Lekin u egallab turgan lavozimidan foydalanib, fuqaroga ovqatlanish shoxobchasini yopmaslik va qonuniy chora koʻrilishi uchun toʻplangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 3 mln soʻm miqdorda pul talab qilgan.
Tezkor tadbirda mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini umumiy ovqatlanish maskani rahbaridan olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



