
Yaponiyada sunʼiy intellekt yordamida chaqaloq yigʻisini tahlil qilib, bola nima sababdan bezovta boʻlayotganini taxminan aniqlab beradigan Awababy nomli yangi ilova yaratildi.
Ilovada taxminan 150 mingta chaqaloq yigʻisi yozuvi jamlangan. Dastur yigʻining ohangi, balandligi va qancha davom etishini tekshirib, bola nega yigʻlayotganini aniqlashga harakat qiladi.
Awababy chaqaloqning 11 xil holatini aniqlashi mumkin. Masalan, bola och boʻlishi, uxlamoqchi boʻlishi, oʻzini noqulay his qilishi yoki eʼtibor istashi mumkin. Baʼzan chaqaloq yolgʻiz qolganini sezib yigʻlaydi yoki tana harorati oʻzgargani sabab bezovta boʻladi. Shuningdek, qorin ogʻrigʻi (kolika yoki gaz) ham yigʻlashga sabab boʻlishi mumkin.
Dasturchilar ilova aniq tashxis emas, balki eng ehtimoliy sababni koʻrsatishini taʼkidlagan.
Sinovda qatnashgan ota-onalar esa hatto taxminiy sababni bilish ham ularni ancha xotirjam qilganligini aytishgan.
Shuningdek, ilovadan foydalangan ota-onalar oʻz tajribalari bilan ham oʻrtoqlashish imkoniyati mavjud. Bu maʼlumotlar umumiy bazaga yigʻiladi va boshqa ota-onalarga ham foyda beradi. 20 apreldan ilovaning premium versiyasi Yaponiyaning Misima shahrida ikki yoshgacha farzandi bor oilalarga bepul taqdim etiladi.



