
Shveysariyaning havo ifloslanishini kuzatib boruvchi IQAir kompaniyasi dunyoning 143 ta mamlakati va hududidagi 9 446 ta shahar maʼlumotlarini tahlil qildi. Bu natijalar “2025 yil uchun dunyo havo sifati hisobotida” eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti belgilagan meʼyor — yaʼni havodagi PM2,5 miqdori 1 kub metrda 5 mikrogrammdan oshmasligi talabi faqat 13 ta davlat va hududda bajarilgan. Bu roʻyxatda Yevropadan Andorra, Estoniya va Islandiya bor. Shuningdek, Avstraliya, Barbados, Bermud orollari, Fransuz Polineziyasi, Grenada, Yangi Kaledoniya, Panama, Puerto-Riko, Reyunion va AQShning Virjin orollari ham havosi nisbatan toza hududlar qatoriga kirgan.
Tadqiqotda qatnashgan qolgan 130 ta davlatda havo sifati xavfsiz darajadan yuqori ekanligi aniqlandi. Eng iflos havoga ega davlatlar roʻyxatida Pokiston, Bangladesh, Tojikiston, Chad va Kongo Demokratik Respublikasi yetakchi oʻrinlarni egallagan. Bu mamlakatlarda havodagi zararli zarrachalar miqdori JSST belgilagan meʼyordan bir necha baravar yuqori ekani aniqlangan.



