
“Amerika-Isroil urushi boshlanganidan beri 1332 nafar tinch aholi vakili oʻldirildi”, deb yozadi “Al Jazeera” telekanali jamiyat bayonotiga tayanib.
Bundan tashqari, koʻngillilar oʻzlarining Telegram-kanallarida Amerika-Isroil tajovuzi tufayli 3,6 mingga yaqin fuqarolik obʼektlari, jumladan, 3 mingdan ortiq turarjoy binosi, 520 ga yaqin savdo va xizmat koʻrsatish markazlari, 14 ta shifoxona hamda Qizil Yarim oyning toʻqqizta markazi zarar koʻrganini xabar qilmoqda. (https://iz.ru/en/node/2054513)
Qizil Yarim Oy jamiyati, shuningdek, Eron shimoli-gʻarbidagi Mahobod shahridagi boʻlimi aviatsiya zarbasiga uchraganini bildirdi. Hujum oqibatlari aks etgan fotosuratlarga koʻra, koʻngillilar binosi deyarli butunlay vayron boʻlgan. Bir nafar xodim jarohatlangan.
Bungacha kecha, 5 mart oqshomida “Fars” Eron janubidagi Sheroz shahri chekkasidagi Ziboshehr shaharchasida tez yordam stansiyasi va bolalar maydonchasiga berilgan zarba oqibatida kamida 20 kishi halok boʻlgani va 30 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Halok boʻlganlar orasida tez tibbiy yordam xizmatining ikki nafar xodimi ham bor.
Shuningdek, Eronning SNN telekanali 5 mart kuni AQSh va Isroilning Eron shimoliga qilgan hujumi oqibatida 17 kishi halok boʻlgani, yana 12 kishi, jumladan bir necha bola jarohatlanganini xabar qilgan.



