
Gaiti, Eron, Kot-d'Ivuar va Senegal milliy terma jamoalari muxlislari 2026 yilgi Jahon chempionati oʻyinlariga tashrif buyura olmasliklari mumkin.
Bunga ushbu davlat fuqarolari uchun AQShga kirish taqiqlangani sabab boʻlmoqda.
Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, AQShga kirish taqiqi faqat futbolchilar, murabbiylar va rasmiy delegatsiya aʼzolari uchun istisno tariqasida amal qilmaydi.
Manbaning yozishicha, Eron, Kot-d'Ivuar, Gaiti va Senegal muxlislari, shuningdek, ushbu mamlakatlar futbol federatsiyalari viza ololmasliklaridan xavotirda. Sababi — mazkur terma jamoalar oʻz oʻyinlarini aynan Amerika shaharlarida oʻtkazishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, JCh-2026 uchta mamlakat: AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.



