Donald Tramp Kubadan kelayotgan tahdid ortidan mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etdi.

AQSh Prezidenti Kuba mamlakatidan milliy xavfsizlikka tahdid mavjudligi sabab favqulodda holat rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Bu haqda Oq uy rasman maʼlum qildi.
Farmonga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Kubaga neft yetkazib berayotgan yoki bunday yetkazib berishga bilvosita aloqador boʻlgan davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga qoʻshimcha boj joriy etish huquqiga ega boʻladi.
Tramp mazkur qarorni Kuba hukumati AQSh manfaatlariga qarshi qaratilgan harakatlar olib borayotgani, shuningdek Rossiya, Xitoy, Eron hamda HAMAS va “Hizbulloh” kabi guruhlar bilan hamkorlik qilayotgani bilan izohlagan.
Nashr maʼlumotlariga qaraganda, Vashingtonda Kubaga neft yetkazib berishni toʻliq toʻxtatish, jumladan harbiy-dengiz blokadasi joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda.



