
BMT Bosh kotibi DSNVning tugashini butun dunyo uchun jiddiy sinov deb baholadi.
Guterrish strategik hujumkor qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomaning (DSNV) oʻz kuchini yoʻqotishini butun jahon xavfsizligi uchun jiddiy palla sifatida baholadi.
Uning taʼkidlashicha, yarim asrdan ortiq vaqt davomida ilk bor dunyoda AQSh va Rossiyaning strategik yadroviy arsenallarini cheklab turuvchi majburiy xalqaro mexanizmlar mavjud emas.
DSNV 2026 yil 5 fevral kuni rasman oʻz amal qilish muddatini yakunladi. 2010 yilda imzolangan mazkur shartnoma har ikki tomon uchun strategik joylashtirilgan yadroviy boyegolovkalar sonini 1550 tagacha, ularni yetkazib berish vositalarini esa 700 tagacha cheklab qoʻygan edi.
Maʼlumot uchun, shartnoma 2021 yilda oxirgi marta besh yil muddatga uzaytirilganidan keyin, uni davom ettirish boʻyicha yangi kelishuvga erishilmadi.



