Bu bino Italiya hududida joylashgan boʻlib, yillar oʻtgan sari bir tomonga asta-sekinlik ogʻib bormoqda.
Minora 200 yil davomida qurib bitkazilgan.

Piza sobori Piazza di Mirakoli (Moʻjizalar maydoni) da qad koʻtargandi, ammo XII asrda ham oʻzining minora qoʻngʻirogʻiga ega emas edi.
1173 yilda pizaliklar bu kamchilikni tuzatishga qaror qilishdi.
Mashhur meʼmor Bonanno Pisano loyihani oʻz zimmasiga oldi, lekin maydon tuprogʻining zichligini eʼtibordan qochirgandi.
Birinchi qavat qurilgach, minora vertikaldan 4 sm ga ogʻib ketdi va bu paytda asosiy aybdor Bonanno Pisano shahardan qochib ketgani maʼlum boʻldi.
Vaqti-vaqti bilan qurilish qayta tiklandi. Minora qurilish 1272 yilda, meʼmor Jovanni di Simone rahbarligida qayta boshlangan. Meʼmor nishab tomonidagi har bir yangi qavatda koridorlar shifti balandligini oshirish orqali qiyalikning oʻrnini qoplashga qaror qildi.
Gʻayrioddiy yondashuv konstruksiyaning markaziy oʻqdan siljishiga olib keldi va minora uchun bananga oʻxshash shaklni berdi. Biroq, bu muammoni hal qilmadi va minora “yiqilishda” davom etdi.
1350 yilga kelib, sakkiz qavat minoraning qurilishi tugallandi.
Nishablikning oʻrnini qoplash uchun ustki qavatlar shunday qurilganki, bir tomoni boshqasidan balandroq boʻlib, minoraga egri koʻrinish bergan. 1372 yilda ish tugagach, uning vertikaldan ogʻishish masofasi allaqachon 92 sm edi. Oʻshandan beri minora har yili 1-2 mm.ga ogʻib kelmoqda.
Xoʻsh, nima uchun minora qulamayapti. Buning javobi oddiy, minoraning ogʻirlik markazi inshoot poydevori chegarasidan tashqariga chiqqani yoʻq. Shu sababli hozircha u yiqilmay turibdi.



