
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bugundan kuchga kiradi.
Unga koʻra, kredit shartnomasi rasmiylashtirilishidan oldin isteʼmolchilar kredit boʻyicha barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqidagi chek-listni toʻldirishi shart boʻladi.
Shuningdek,kredit toʻlovlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan mijozlar uchun shartnomani oʻzgartirish imkoniyati va yengilliklar taqdim etiladi
Bundan tashqari, isteʼmolchilarga kredit olish boʻyicha arizasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha summada kredit taklif etish hamda uni olishga undash kabi holatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Rasmiy manbada taʼkidlanishicha, krediti bor fuqarolarning ruxsatisiz ularning palstik kartalaridagi pul mablagʻlari kredit qarzdorligi uchun yechib olinmaydi.



