
Mahbuba Komilova 1987 yil Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. (https://t.me/milliyteatr/13358)
Erkin Komilov shaxsiy hayotida koʻplab sinovlarni boshdan kechirgan. Xususan, ikki marotaba oila qurgan aktyorning ketma-ket ayollari vafot etgan, besh farzand bilan yolgʻiz qolgan. Aktyor intervyularining birida bu haqda shunday degandi:
“Oʻzimdan oʻtganini oʻzim bilaman, mana hozir hech narsani koʻrmagandek boʻlib ketdim. Hozirgi ayolim Mahbubaning bahosi yoʻq. Menga qaraydi: vrachim ham, oshpazim ham Mahbuba. Shukrki, 61 yoshimda yana bir bor otalik baxti nasib etib, oʻgʻlim Olovuddin dunyoga kelgan.
2025 yilning yozida Mahbuba Komilova kelajak avlodga turmush oʻrtogʻining ijod yoʻli jamlangan “Sahnada yuragimga quloq tutaman” nomli kitobni taqdim etgandi.
Maʼlumot uchun, Mahbuba Komilova 62 yoshda edi.



