
Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq, ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritilmagan qurilish obʼektlarini reklama qilish taqiqlanadi.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida “Glamur Gold” MCHJ tomonidan qurilayotgan turar joy majmuasi tegishli elektron roʻyxatga kiritilmagan boʻlsa-da, ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilib kelinayotganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi uchun tegishli litsenziyalari va maxsus ruxsatnomalari mavjud boʻlmagan tovarlarni reklama qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Glamur Gold” MCHJ qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan deb topildi va unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, kompaniyaga qonunbuzilish holatini toʻxtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.



