
Prezident Farmoniga muvofiq sohada quyidagi yangiliklar joriy etiladi:
— 2026 yil 1 apreldan boshlab himoya orderi berilgan jabrlanuvchi xotin-qizlarning aloqa vositalariga, ularning roziligi bilan, Ijtimoiy himoya milliy agentligining zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi “my.ihma.uz” mobil ilovasi oʻrnatiladi.
— Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar manzil-koloniyalarga oʻtkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritiladi.
— Ushbu jinoyatlar uchun jazoni oʻtayotgan mahkumlar psixologik tuzatish dasturidan oʻtmasdan turib, ularning saqlash sharoitlarini yengillashtirish amaliyotiga chek qoʻyiladi.
— 2027 yil 1 yanvardan ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyat ishlari maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan tergovchilar va sudyalar tomonidan tergov qilinishi va koʻrib chiqilishi belgilanadi.
— 2026 yil 1 sentabrdan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Odil sudlov akademiyasida tergovchi va sudyalar uchun “Jinoyatdan jabrlangan ayollar va bolalar bilan ishlashning oʻziga xos protsessual jihatlari” boʻyicha maxsus oʻquv dasturlari tashkil etiladi.



