
Mamlakatimizda vijdon va eʼtiqod erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qoʻyilgan boʻlib, davlatimiz tomonidan diniy bagʻrikenglik siyosatini izchil davom ettirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ongiga radikal hamda ekstremistik gʻoyalarni singdirishga boʻlgan urinishlar xavfi ortib bormoqda.
Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida poytaxtning barcha tumanlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi maxsus “Qaytaruv guruhlari” tashkil etiladi.
“Qaytaruv guruhlari” tarkibiga respublikamizning yetakchi ilmiy-akademik va diniy taʼlim muassasalari mutaxassislari jalb etiladi. Jumladan:
🔹Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
🔹 Toshkent islom instituti;
🔹 “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti;
🔹Oʻzbekiston Milliy universitetining malakali ekspertlari mazkur jarayonda ishtirok etadilar.



