
2026 yil 11 iyunda Oʻzbekiston Respublikasining "Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi.
Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, agar yarashtirish taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning iloji boʻlmasa, mehnat jamoasi ish tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ish tashlashda qatnashish ixtiyoriy. Unda qatnashishga yoki qatnashmaslikka majbur qilish mumkin emas.
Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror tashkilot xodimlarining umumiy yigʻilishida qatnashayotgan xodimlarning 50 foizidan koʻprogʻi yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish ish tashlash boshlanishidan kamida 1 oy oldin amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida ish beruvchini qaror qabul qilingan paytdan 1 ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi boʻlajak ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida yozma xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran 1 ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran
3 oy oʻtgach kuchga kiradi.



