
Viloyat prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 5 may kuni universitet oshxonasida ovqatlangan 15 nafar talaba ommaviy zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi nazoratiga olingan boʻlib, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.



