
Afgʻonistonda qizlar uchun nikoh yoshini bekor qildi.
"Agar qiz bola toʻqqiz yoki oʻn yoshda balogʻatga yetsa, demak, yangi qonunga koʻra, u nikoh yoshiga yetgan boʻladi", dedi afgʻonistonlik inson huquqlari faoli Xoriya Mosadiq
Tolibon hokimiyat tepasiga kelishidan oldin Afgʻonistonda nikoh uchun minimal yosh 16 yosh edi, ammo bu yosh chegarasi bekor qilindi.
Maʼlumot uchun, Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Axundzoda ilgari Tolibon rejimi afgʻon ayollarini "anʼanaviy zulm"dan ozod qilganini va ularning "ozod odamlar" maqomini tiklaganini aytgan edi.
Yangi rejim "ayollarga Islom shariatiga muvofiq qulay va farovon hayotni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrgani" va ayollar muammolari 20 yillik Amerika istilosi bilan bogʻliqligi taʼkidlangan.



