
Rossiya Davlat Dumasi xorijliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.
Unga koʻra, ruxsat etilmagan mitinglarda qatnashgan hamda Rossiya armiyasini “obroʻsizlantirgan” xorijliklar deportatsiya qilinadi.
Rossiya hukumati ushbu qonun loyihasini mart oyida taklif qilgan edi. Deputatlar uni 13 may kuni maʼqulladi.
Yangi qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga 58 ta yangi huquqbuzarlik turi kiritilmoqda.
Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ushbu choralarni “migratsiya sohasida tartib oʻrnatish” bilan izohladi. Qonun loyihasi hali yana ikki marta oʻqishda koʻrib chiqiladi.



