
Ammo Donald Tramp sulh hali ham amalda ekanini bildirmoqda.
AQSh va Eron payshanba kuni oʻzaro harbiy zarbalar almashdi. Bu 7 apreldan buyon amal qilib kelayotgan sulh uchun eng jiddiy sinov sifatida baholanmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Eron harbiylari AQShni Hoʻrmuz boʻgʻozidagi ikki kemaga va Eron hududlariga zarba berishda aybladi. Tehron maʼlumotiga koʻra, hujumlar Keshm oroli hamda Bandar Xamir va Sirik atrofidagi hududlarda amalga oshirilgan.
Bunga javoban Eron AQShning Hormuz boʻgʻozining sharqiy qismi va Chobahor porti yaqinidagi harbiy kemalariga hujum qilganini maʼlum qildi. Eronning “Xotam al-Anbiyo” markaziy shtabi vakili zarbalar natijasida “katta talafot yetkazilganini” iddao qildi.
“Bugun ular biz bilan oʻynashishga urindi. Biz esa ularni yakson qildik”, — dedi Tramp jurnalistlarga. Keyinroq Eronning Press TV telekanali Hormuz boʻgʻozi yaqinidagi hududlarda vaziyat yana meʼyorlashganini xabar qildi.
Maʼlumot oʻrnida, tomonlar oʻrtasidagi keskinlik Vashington Tehronning yangi tinchlik taklifiga javobini kutayotgan bir paytda yuz berdi.



